Navoiyazotda karbamid ishlab chiqarish boshlandi

© Sputnik / Igor Katayev / Mediabankka o‘tishXimicheskie udobreniya
Ximicheskie udobreniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navoiyazot O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining karbamidga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplaydi va Afg‘oniston, Turkiya, Ukraina va Gruziyaga mahsulot eksportini yo‘lga qo‘yadi.

TOShKENT, 25 dek- Sputnik. “Navoiyazot” AJning “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish” majmuasida 2020-yil 23-dekabr kuni ilk karbamid mahsuloti olindi. Bu haqida "O‘zkimosanoat" AJ xabar qildi. 

Majmua Yaponiyaning “Mitsubishi Heavy Industries Ltd” va “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda qurilgan majmuaning umumiy qiymati $ 985,7 mln.ga teng. Undan 577 mln. dollari Yaponiyaning kreditlari, $ 320,0 mln. - O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi krediti va $ 88,7 mln. -  korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan.

Korxona dunyodagi eng ilg‘or texnologiyalardan foydalanadi. Xususan, ammiak ishlab chiqarish bo‘yicha Daniyaning “Haldor Topsoe”, karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha Italiyaning “Saipem” kompaniyasi hamda karbamid granulyatsiyasi bo‘yicha esa Germaniyaning “Uhde” kompaniyalari yetkazib berdi. Asosiy texnologik uskunalar Yaponiya va Yevropadan keltirildi.

Majmuada 660 ming tonna ammiak va 577,5 ming tonna karbamid ishlab chiqariladi. Ammiakning 330 ming tonnasi yangi karbamid ishlab chiqarishga va 330 ming tonnasi mavjud ammiakli selitra ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Navoiy IES - Sputnik O‘zbekiston
Mitsubishi Navoiy IESi uchun uskunalar yetkazib beradi

Loyiha to‘liq qo‘vvatga chiqqanda 1 trillion 428 mlrd. so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqariladi va kimyo tarmog‘ini 9,5 foizga o‘sishga olib keladi. Yiliga budjetga 600 mlrd. so‘m miqdoridagi tushumlarini taminlaydi hamda 58,0 mln. dollarlik qo‘shimcha mahsulot eksport qilinadi.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining karbamidga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplanadi. Xususan, g‘alla va paxta xosilini agrotexnik muddatlarida gektarga qo‘shimcha 100-150 kilogrammgacha o‘z vaqtida karbamid mineral o‘g‘iti bilan oziqlantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari, Afg‘oniston, Turkiya, Ukraina va Gruziyaga mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu korxona ishga tushganidan so‘ng 1964-yilda qurilgan va ayni damda eskirgan “Navoiyazot” AJ 1- va 2- ammiak ishlab chiqarish sexlari foydalanishdan chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0