TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Germaniya va Shveysariyada koronavirusning yangi - "britancha" shtammini yuqtirganlik bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi holatlar qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Germaniyadagi holat 20-dekabr kuni Buyuk Britaniyadan Frankfurt-Maynga uchib ketgan kasallangan ayolda aniqlangan. Holat barcha samolyot yo‘lovchilaridan COVID-19ga ekspress-test olingach aniqlangan. Ayol hozirda uy sharoitida davolanmoqda.
Ayol bilan yaqin muloqotda bo‘lgan uch kishi ham izolyatsiyaga olingan.
Sal oldin Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi aniqlangani haqida ma’lum bo‘lgan edi.
Britaniyaning yangi va yuzaga kelayotgan respiratorli virus xavflari bo‘yicha maslahatlashuv kengashi mamlakatda aniqlangan koronavirusning yangi turi katta tezlikda tarqalayotgani va aholidan yanada ko‘proq ehtiyotkorlikni talab etishini ma’lum qilgan edi. Ayni vaqtda olimlar virusning bu turi qanchalik halokatliligini aniqlash uchun tezkor tadqiqotlarni o‘tkazishmoqda. Bu haqda Britaniya bosh vrachi Kris Uitti ma’lum qilgan