“O‘zbekneftgaz” tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini sezilarli oshirdi

© UzbekneftgazUzbekneftgaz uvelichil dobichu gaza
Uzbekneftgaz uvelichil dobichu gaza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mo‘ynoq, Muborak, Gazli va Sho‘rtan konlaridan kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi sezilarli darajada oshirildi.

TOShKENT, 24 dek - Sputnik. Usturtda 3 ta, Qashqadaryoda 4 ta, Buxoroda 4 ta gaz qudug‘i ochilishi natijasida "O‘zbekneftgaz" tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi sezilarli oshirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati. 

Xususan, Mo‘ynoq tumanida joylashgan “Sharqiy Berdaq” konidan kunlik 310 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 3,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishdi.

Gaz - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda gaz yo‘qligidan norozi aholi mashina yo‘lini to‘sib qo‘ygani yuzasidan ma’lum berildi

Shuningdek, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlardan 217 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 5 tonna gaz kondensati qazib chiqarishga erishildi.

Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy tandircha” gaz kondensat konidagi 60-sonli quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati, qazib chiqarilishiga erishildi.

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlardan kunlik 300 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 4 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning sentabr oyidan boshlab bugungi kunga qadar “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 42 ta yangi quduqlarni burg‘ilab ishga qo‘shildi, 193 ta mavjud quduqlarda kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi, 15 ta texnologik obyektlarni qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi. Buning natijasida sentabr oyidan boshlab kunlik tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlari 89,7 mln kub metrdan 92,5 mln kub metrgacha oshirishga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0