Rossiya O‘zbekistonga 4-mobil laboratoriyani yetkazib berdi

© AFP 2023 / CHANDAN KHANNAProbirka
Probirka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Gazel" va "Kamaz" avtomobillariga o‘rnatilgan mobil laboratoriyalar O‘zbekistonga 2017, 2018 va 2019-yillarda ham yetkazib berilgan edi. 

TOShKENT, 24 dek - Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga infeksiyalarni diagnostika qilish uchun 4-mobil epidemiologik laboratoriyani yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda "Rospotrebnadzor".   

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning dekabrida O‘zbekistonga "Kamaz" avtomobiliga o‘rnatilgan bakteriologik laboratoriya ham yetkazib berilgan edi. Ushbu laboratoralarda ishlash uchun o‘zbekistonlik mutaxassislar Rossiyaning ixtisoslashgan o‘quv muassasalarida malaka oshirishgan. 

"Dunyoda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli bizning davlatlarimiz biologik xavfsizlikni ta’minlash borasida birgalikda qator ishlarni amalga oshirishmoqda. Xususan, yangi infeksiyalarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tekshirish markazlari va laboratoriya majmualari yaratish masalasi muhokama qilinmoqda", - deyishdi Rossiya elchixonasida. 

Rospotrebnadzor va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 2017-yilda xalqaro tibbiy-sanitar qoidalari borasida shartnoma imzolashgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0