O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar asosan qaysi sohalarda ishlashi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uyida non pishirib sotuvchilar, sartaroshlar, repetitorlar, santexnik va elektr montajchilar ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib soliq to‘lashni boshlaydi.

TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Kecha AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, Davlat soliq qo‘mitasi mutasaddilari O‘zbekistonda necha kishi o‘zini o‘zi band qilgan soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgani va ular qachondan soliq to‘lashni boshlashi haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar eng ko‘p quyidagi sohalarda ro‘yxatdan o‘tgan:

  • Maishiy xizmatlar sohasida ro‘yxatga olingan. Sartaroshlik, manikur, kalit tayyorlash va poyabzal ta’miri sohasida – 159 954 nafar kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
  • Qishloq xo‘jaligi sohasida (chorva mollarini parvarish qilish, ekin ekishda yordam berish) sohasida 120 527 kishi ro‘yxatga olingan.
  • Ijtimoiy xizmatlar sohasida, ya’ni repetitorlik qilish, bola parvarishi va xonadonlarni tozalash sohalarida – 102 341 kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
  • Sanoat sohasida (yog‘och me’morchiligi, santexnika, elektr montaj ishlari, makulatura, plastik va temir-tersak to‘plash) 91 829 kishi qayd etilgan.
  • Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasida (non, uyda pop-korn, muzqaymoq, ayron tayyorlash, dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish) - 63 469 nafar shaxs mustaqil faoliyat olib bormoqda.
  • AKT sohasida (ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, dasturiy ta’minot, mobil ilovalar va veb saytlarnii ishlab chiqish) - 10 134 nafar jismoniy shaxs ro‘yxatdan o‘tgan.

Eslatib o‘atamiz, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar – o‘z shaxsiy mehnati bilan mustaqil xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan mehnatga layoqatli jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Soliq qonunlarida belgilanishiga ko‘ra, 2020-yilda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar BHMning 50% miqdorida (111 500 so‘m)soliq to‘laydi va ushbu to‘liqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda pensiya hisoblanadi.

2021 yil 1-yanvardan boshlab esa, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) yuz million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan tadbirkorlik subyektlari onlayn-nazorat kassa texnikalaridan foydalanishga o‘tishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0