Umrni uzaytiruvchi kutilmagan usul

Obuna bo‘lish
Ekspertlarga ko‘ra, qo‘shiq hirgoyi qilish - bosh miyani katta miqdorda kislorod bilan ta’minlaydi va unga sog‘lomlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, qon bosimini tushirish xususiyatiga ham ega

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Kuylash inson salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi va umr davomiyligini oshirishi mumkin, deb yozadi Express britaniyalik olimlarga tayangan holda.

Jiteli poselka Gilan - Sputnik O‘zbekiston
Umrni o‘n yilga uzaytiruvchi to‘rt omil

Ta’kidlanishicha, ushbu mashg‘ulot insonlarning ruhiy hamda jismoniy holatini yaxshilaydi ekan. Xususan, kuylash demensiya va Alsgeymer kasalligiga chalinish xavfini pasaytiradi, shuningdek, tushkunlik alomatlarini yo‘qotishga xizmat qiladi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sevimli taronalarni kuylayotgan insonda inson kayfiyatini yaxshilaydigan va uni yanada chaqqon va baxtli qiladigan endorfinlar ajralar ekan.

Shu bilan birga, unda vokal bo‘yicha iste’dod bor-yo‘qligi ahamiyatga ega emas, sababi, organizm kuylashga uning sifatidan qat’iy nazar ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan.

Ekspertlarga ko‘ra, qo‘shiq hirgoyi qilish - bosh miyani katta miqdorda kislorod bilan ta’minlaydi va unga sog‘lomlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, qon bosimini tushirish xususiyatiga ham ega.

Yangiliklar lentasi
0