O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 33 nafari o‘ta og‘ir ahvolda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki v sanitarnom shlyuze gorodskoy klinicheskoy bolnitse
Meditsinskie rabotniki v sanitarnom shlyuze gorodskoy klinicheskoy bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarga yangi 2021-yil bayrami tadbirlarini oila davrasida o‘tkazish tavsiya etgan

TOShKENT, 15 dek - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlarning 33 nafar o‘ta og‘ir ahvolda, deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati tarqatgan xabarda.

Jenshina v zashitnoy maske u razrisovannogo musornogo baka v Tegerane  - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 70 milliondan oshdi

"Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2107 nafar bemordan 174 nafari og‘ir, 33 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda", - deyiladi xabarda.

Koronavirusga chalinganlarning umumiy miqdori 75 241 nafarga yetgan, shulardan 72 522 nafari sog‘aygan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining bayonoti e’lon qilingan va fuqarolarga yangi 2021-yil bayrami tadbirlarini oila davrasida o‘tkazish tavsiya etilgan edi.

 

Shuningdek, butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini hamda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi xorijiy mamlakatlar ijobiy tajribasini inobatga olgan holda jamoat joylarida niqobdan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0