Putin Baydenni prezident saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi

© REUTERS/Jim BourgDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi yangi saylangan Amerika prezidenti Jo Baydenga muvaffaqiyat tiladi va u bilan hamkorlik va muloqotga hozirligini bildirdi.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jo Baydenni AQSh prezidenti saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Rossiya yetakchisi yangi saylangan Amerika prezidenti Baydenga muvaffaqiyat tiladi va Rossiya va Amerika kelishmovchiliklarga qaramasdan ko‘plab muammolar va chaqiriqlarni hal qilishga yordam berishi mumkinligiga umid bildirdi.

“O‘z tomonimdan Siz bilan hamkorlik va muloqotga tayyorman”, - deyilgan tabrikda.

AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden saylovchilar hay’atining (Electoral College) 306 ta ovoziga ega bo‘lgan. Prezidentlikka saylanish uchun ularning 270 ovozi yetarli hisoblanadi.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden prezident bo‘lish uchun saylovchilar hay’atining yetarli ovozini oldi

Shu tariqa saylovchilar hay’ati mamlakatda bo‘lib o‘tgan ovoz berish yakunlarini tasdiqladi, unga ko‘ra Bayden AQShning 46-prezidenti bo‘ladi.

Donald Tramp mag‘lubiyatni tan olmayapti va natijalar ustidan shikoyat keltirmoqda, ammo hozircha hech bir sud uni qo‘llab-quvvatlamadi.

Uning inauguratsiya marosimi 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0