Fazliddin G‘oibnazarov armanistonlik raqibini taslim qildi – to‘liq video

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaBokser Fazliddin Gaibnazarov
Bokser Fazliddin Gaibnazarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov 5-dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Unga armanistonlik Manuk Dilanyan raqiblik qildi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, hozirda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov 5-dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada unga armanistonlik Manuk Dilanyan raqiblik qildi.

U jangni ishonch bilan boshladi va ilk raundlardanoq ustunligini namoyish etdi. Uchinchi raund so‘ngida chiroyli himoyalandi va fursatdan foydalanib, Dilanyanni nokdaun holatiga tushirdi.

So‘nggi raundlar ham o‘zbekistonlik bokschining faolligi va keskin hujumlari ostida o‘tdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan G‘oyibnazarovning qo‘li baland kelganini e’lon qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0