Moskvada COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlandi - video

Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxti Moskvada yangi koronavirusga qarshi bepul va ixtiyoriy emlash boshlandi.

Moskvada 70 ta emlash punktlari ish boshladi. Birinchi navbatda ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda shahar ijtimoiy xizmat xodimlari emlanmoqda.

Emlanishga 4-dekabrdan elektron ravishda yozilish mumkin. Ilk soatlarda besh mingdan ziyod kishi emlanish istagini bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga Rossiyada kelgusi haftadan COVID-19ga qarshi ommaviy emlashni boshlashni topshirgan edi. Shahar meri Sergey Sobanin 7 million nafarga yaqin shahar aholisi emlanishi ko‘zda tutilayotganini ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada pandemiya boshlangandan buyon 647,5 ming koronavirus bilan kasallangan. Shulardan 490 mingdan ziyod tuzalib ketgan. Shu bilan birga 9,3 ming kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0