Farg‘onada jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etiladi

© StalicFergana
Fergana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch oy muddatda institutga yuqori salohiyatga, fan nomzodi, fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jalb etiladi.

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Ministr zdravooxraneniya RUz Abduxakim Xadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
COVID ikkinchi to‘lqini, vaksina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Qarorga muvofiq, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etiladi.

Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi yangi institutning klinik bazasi etib belgilanadi.

Institutda yetakchi xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda, zamonaviy ta’lim dasturlari asosida tor sohadagi mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar tayyorlanadi.

Institutga qabul har yili belgilanadigan davlat buyurtmasi parametrlari doirasida va qo‘shimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi;

Uch oy muddatda institutga yuqori salohiyatga, fan nomzodi, fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jalb etiladi.

Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor-o‘qituvchilar xizmat uylari bilan ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0