AOKA rahbari Britaniya elchisi Torlot bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

© Mejdunarodniy press-klubDirektor AIMK Asadjon Xodjayev
Direktor AIMK Asadjon Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Timoti Torlot AOKA bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Ikki tomonlama hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. AOKA direktori Asadjon Xodjayev Buyuk Britaniya elchisi Timoti Torlot bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Asadjon Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek matbuotida senzura bormi? Asadjon Xodjayev jurnalistlar savollariga javob berdi

Unda O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada mavjud muammolar tahlil etildi, axborot-kutubxonachilik yo‘nalishi bo‘yicha uzoq yillik hamkorlikni samarali davom ettirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqotda Torlot matbuot kotiblari, jurnalistlar va blogerlar, umuman, axborot sohasi vakillarining malakasini oshirish, xususan, Buyuk Britaniya mediakompaniyalari tajribasi bilan yaqindan tanishtirish taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatladi, bu jarayonga xususiy ommaviy axborot vositalari jalb etilishi alohida qayd etildi.

"Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri — Agentlikning axborot makonidagi o‘rni va rolini tahlil etib, ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish, — dedi Asadjon Xodjayev. — Chunki tegishli qonunchilik bo‘yicha Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda ularni amalga oshirish uslubini takomillashtirish zarurati mavjud, shu bois xalqaro tajribani chuqur o‘rgangan holda, o‘z ish uslubimizni zamonaviy va yangicha yondashuvlar asosida tashkil etmoqchimiz. Bu borada bizga Buyuk Britaniya tajribasi foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman".

Uchrashuvda Timoti Torlot AOKA bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Ikki tomonlama hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0