O‘zbekiston QR yaxlitligini buzmagan — Hukumat Deyres qishlog‘i atrofidagi holat haqida

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevKpp na granitse
Kpp na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat huzuridagi kotibiyatning ta’kidlashicha, O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston hududining yaxlitligini buzmasdan ish olib bormoqda.

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Hukumatning chegara oldi masalalari bo‘yicha maxsus vakili kotibiyati Jalolobod viloyatining Deyres qishlog‘i yaqinidagi vaziyat bo‘yicha tushuntirish berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Otkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston 33ta davlatga chegarasini ochdi, O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatining xabar berishicha, chegaradosh qishloq aholisi O‘zbekiston harbiylari ushbu aholi punkti yaqinida muhandislik inshootlarini o‘rnatishni boshlagani haqida xabar berishgan.

 

Hukumat 2017-yilda ushbu uchastka delimitatsiya jarayonidan o‘tganini tushuntirgan.

Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmatining xabar berishicha, chegaradosh qishloq aholisi O‘zbekiston harbiylari ushbu aholi punkti yaqinida muhandislik inshootlarini o‘rnatishni boshlagani haqida xabar berishgan.

"Shu nuqtayi nazardan, ushbu sohada muhandislik ishlari Qirg‘izistonga tegishli bo‘lgan hududning yaxlitligini buzish emas", - dedi kotibiyat.

O‘zbekiston tomonidan rejalashtirilgan muhandislik ishlari, kelishuvga binoan, qo‘shni mamlakat hududida 10 metrdan 30 metrgacha amalga oshiriladi, deya tushuntirdi Vazirlar Mahkamasi.

Qayd etilishicha, mahalliy hokimiyat mahalliy aholiga vaziyatni tushuntirgan. Qishloqda vaziyat barqaror, deya qo‘shimcha qilinadi hukumat xabarida.

Yangiliklar lentasi
0