BMT marixuanani xavfli narkotiklar ro‘yxatidan chiqardi

Obuna bo‘lish
BMTning Narkotik moddalar bo‘yicha komissiyasi marixuanani va uning yelimi (smola)ni qat’iy nazoratni talab qiladigan narkotik moddalar ro‘yxatidan chiqarib tashladi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. BMTning Narkotik moddalar bo‘yicha komissiyasi marixuanani va uning yelimi (smola)ni qat’iy nazoratni talab qiladigan narkotik moddalar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. 

Sotrudniki UVD g. Chirchik izyali 5,7 kg marixuanni - Sputnik O‘zbekiston
Ish joyida marixuana qovurayotgan sport maktabi qorovuli qo‘lga olindi

Ushbu qaror Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasi asosida qabul qilindi. Komissiyaga kiruvchi 53ta davlat vakillari ovoz berda qatnashgan: 27 ta davlat yoqlab, 25 ta davlat esa qarshi ovoz berdi, bitta davlat betaraf. AQSh va Yevropaning ayrim shtatlari tuzatishlar uchun ovoz bergan, Xitoy, Rossiya, Pokiston va boshqa mamlakatlar – qarshi chiqdi.

Tibbiy kannabisning xavfli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqarilishi uning qo‘llanishi ortidan nazorat susaytirilishini anglatmaydi: har bir davlat avvalgiday o‘zi mustaqil ravishda nazorat darajasini belgilaydi.

BMT kannabisni terapevtik xususiyatlarga ega vosita sifatida tan oldi. Bu qaror kannabisdan tibbiy tadqiqotlarni o‘tkazishga imkon beradi.

Bugungi kunda marixuana Yevropaning qator davlatlarida, AQShning 30 dan ortiq shtatida qisman legallashtirilgan. Kannabisga to‘liq qonuniy ruxsat berilgan davlatlar ham bor, masalan, Kanada.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va malta davlatining “Melabis” kompaniyasi o‘rtasida tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun kannabis yetishtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumga ko‘ra, Sardoba tumanida 3 ming gektar maydonga sanoat uchun kannabis yetishtirish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Dastlabki yil 500 gektar maydonga kannabis ekish ko‘zda tutilgan bo‘lib, keyingi 3-yil ichida ushbu o‘simlikning ekin maydonini 3 ming gektargacha kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0