Samarqand viloyati tumanlaridan birida erkak tanish ayolini bog‘da urib o‘ldirib qo‘ydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mojarodan so‘ng, erkak ayolning ahvolini ko‘rib, unga tibbiy yordam chaqirgan, ammo ojiza hodisa joyida vafot etgan

TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Samarqand viloyati Narpay tumanida 33 yoshli erkak tanish ayolini bog‘da urib o‘ldirdi. O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Sotoviy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandlik erkak singlisi xushtorini SMS uchun urib o‘ldirdi

Hodisa 27-noyabr kuni kechasi Narpay tumanidagi mahallalarning birida yuz bergan.

O‘lmas qishlog‘ida yashovchi fuqaro - 33 yoshli Jahonbek 7 nafar tanishlari bilan birgalikda kafelardan birida ovqatlanib o‘tirganida, spirtli ichimlik iste’mol qilgach, tanishi 34 yoshli Gulmira bilan o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Mojaro vaqtida erkak ayolni shu atrofdagi bog‘ning ichiga olib borib, tanasining turli qismlariga qo‘li va oyoqlari bilan urib, tepib tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng erkak ayolning ahvolini ko‘rib, unga tibbiy yordam ko‘rsatish va uning hayotini saqlab qolish maqsadida "Tez yordam" chaqirgan.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda yosh erkak o‘ldirildi va jasadi "Zarafshon"ga oqizildi

Biroq, Gulmira olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.   

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida marhuma Gulmira T.,ning egnidagi kiyimlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro Jaxongir D.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Jaxongir D., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0