"Aqlli" hisoblagichlar qarzdorlar chirog‘ini o‘chiradi

Obuna bo‘lish
Qarzdorlikni oldini olish maqsadidida Respublika bo‘yicha 2021-yilning 1-iyuliga qadar 7,4 mln dona “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilishi kerak.

Hududiy energiya tarmoqlari elektr energiyasidan kimning qarzi eng ko‘p ekanini aytishdi. Ma’lum bo‘lishicha, elektrdan qarzlar jami miqdori  3,5 trln. so‘mni tashkil qiladi. Undan 2,4 trln so‘m - aholi qarzi. 

Viloyatlar kesimida eng qarzi ko‘p viloyatlar - Samarqand viloyati (646 mlrd), Navoiy viloyati (410 mlrd) va Andijon viloyati (273 mlrd.) 

Aholi orasida qarzi 10 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan kishilar - 5200ga yaqin, 3-5 mln. so‘m bo‘lganlar - 14,8 ming va qarzi 1-3 mln so‘m bo‘lgan - 157 mingdar ortiq kishini tashkil qilgan. 

Kelajakda ushbu vaziyatni oldini olish maqsadidida Hududiy energiya tarmoqlari kelajakda ommaviy tartibda "Aqlli" hisoblagichlarga o‘tishni joriy etishni taklif qildi. Respublika bo‘yicha 2021-yilning 1-iyuliga qadar 7,4 mln dona “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0