Oskar mukofotiga O‘zbekistondan qaysi film taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi - treyler

© UzbekkinoVibor filma dlya Oskara
Vibor filma dlya Oskara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmida o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealar hamda "ko‘p xotinlik" oqibatida xonadonning parokanda bo‘lishi aks etgan.

TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Bu yil nufuzli Oskar mukofotiga O‘zbekistondan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi tavsiya etildi. Ushbu qaror 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining yig‘ilishida qabul qilindi.

"O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Fox music cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi tanlandi. 25-noyabrgacha kartina film mualliflari tomonidan tegishli tartibda O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasiga taqdim etilishi zarur, - deyilgan xabarda.

“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmida o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib beriladi. Yuz berayotgan voqea-hodisalarga e’tibor bermay, odamlardan narida uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil to‘rtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bog‘liq ba’zi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Ssenariy muallifi va rejissor Yolqin To‘ychiyev, postanovkachi operator Bahodir Yo‘ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizayev. Rollarda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O‘ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar.

O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi Yig‘ilishida qo‘mita raisi Firdavs Abduxoliqov hamda qo‘mita a’zolari Zulfiqor Musoqov, Matoqub Matchonov, Bahodir Odilov, Hamidulla Hasanov, Eljon Abbosov, Nigora Karimova, Jahongir Ahmedov, Mannop Qo‘chqorov, Aziz Arziqulov, Umid Hamdamov, Baxtiyor Yoqubov, Farrux To‘laganov, Eldor Yo‘ldoshev, Igor Pinxasov hamda produser va Qo‘mita koordinatori Oybek Abdushukurovlar ishtirok etishdi.

Navbatdagi 93-Oskar taqdirlash marosimi 2021-yilning 25-aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur “Dolby” teatrida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0