Xitoy Baydenni AQSh prezidenti lavozimiga saylangani bilan qutladi

© AP Photo / Ted S. Warren Kandidat v vitse-prezidenti Djo Bayden i yego jena Djill pribili na krugliy stol po ekonomicheskim voprosam dlya jenshin v Denvere, 2008 god
 Kandidat v vitse-prezidenti Djo Bayden i yego jena Djill pribili na krugliy stol po ekonomicheskim voprosam dlya jenshin v Denvere,  2008 god - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta Qo‘shma Shtatlarda davlat rahbari va vitse-prezident, vakillar palatasining barcha 435 a’zosi, Senatning taxminan uchdan bir qismi (35 senator), 11 shtat va ikkita hudud gubernatorlari va ayrim shtat qonun chiqaruvchi organlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tgan edi.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Xitoy Jo Bayden va Kamala Xarrisga ularning AQSh prezidenti va vitse-prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deb xabar qildi XXR TIV vakili Van Venbin.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden davrida Rossiyaga "do‘zaxiy" sanksiyalar tahdid soladimi

"AQShdagi ayni prezident savlovlariga mamlakat ichida bo‘layotgan munosabat hamda xalqaro hamjamiyat munosabatini kuzatib bormoqdamiz. Biz amerika xalqi tanlovini hurmat qilamiz va janob Bayden hamda Xarris xonimni tabriklaymiz", - deb aytgan diplomat.

Sal oldin Baydenni saylovlarda g‘alaba qozongani bilan, Turkiya yetakchisi Toyib Erdog‘an va Armaniston yetakchisi Armen Sarkisan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Angela Merkel, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ben Abdel Aziz Al Saud, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Isroilprezidenti Reuven Rivlin Abu Dabi merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Zayd al Naxayon va Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga  tabriklashgan edi.

Jill Bayden Toj-Mahal majmuasi fonida, 2013 y. - Sputnik O‘zbekiston
AQShning bo‘lajak birinchi xonimi Jill Bayden

O‘tgan hafta Qo‘shma Shtatlarda davlat rahbari va vitse-prezident, vakillar palatasining barcha 435 a’zosi, Senatning taxminan uchdan bir qismi (35 senator), 11 shtat va ikkita hudud gubernatorlari va ayrim shtat qonun chiqaruvchi organlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden saylovchilarning 290 ovozini olmoqda (zarur 270 ovozdan), amaldagi prezident Donald Tramp esa atigi — 217 ta ovoz olgan. Rasmiy natijalar e’lon qilinmay turib, ularning birining g‘alabasi haqida gapirishga hali erta.

Shunga qaramay, shanba kuni Bayden o‘zining davlat rahbari lavozimiga saylanganligi haqida e’lon qilishga ulgurdi. Tramp o‘z navbatida soxtalashtirishlarga yo‘l qo‘yilgani haqida aytib, o‘z g‘alabasini Oliy sudda himoya qilishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0