Rossiyada mutlaq himoyalangan qo‘mondonlik punkti ishga tushmoqda - Putin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlarining, jumladan strategik yadroviy kuchlari uchun qurilayotgan yangi qo‘mondonlik-boshqaruv punkti o‘ta mustahkam inshoot bo‘ladi.

TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Rossiyada deyarli "mutlaq himoyalangan" yangi qo‘mondonlik-boshqaruv punkti qurib bitkazilmoqda, dedi Vladimir Putin bugun Rossiya Mudofaa vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

"Biz siz bilan yaxshi tushunamizki, jangovar sharoitda boshqaruv tizimini saqlab qolish juda muhim ahamiyatga ega. Ularni hatto yadroviy zarba berilganda ham saqlab qolish kerak. Shuning uchun boshqaruv tizimlarining xavfsizligini oshirish ustida jiddiy ishlashimiz kerak. 

Menga aytishlaricha, yangi deyarli mutlaq himoyaga ega bo‘lgan boshqaruv punkti qurilishi so‘nggi bosqichga yetgan. Barcha, jumladan strategik yadroviy kuchlarni boshqarish imkoniga ega bo‘lgan ushbu inshootning mustahkamligi juda yuqori bo‘ladi", - dedi Rossiya prezidenti. 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda bir necha ekspertlar dunyoda yadroviy urush xavfi ortib borayotganini aytib o‘tishmoqda. Biroz oldin Germaniya harbiy kuchlari "yadroviy urush sharoitida" harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.

Undan tashqari yaqinda Chexiya harbiylari ham "Uchinchi jahon urushini" bashorat qilishgan edi. 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0