Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon Qorabog‘ bo‘yicha nimalarga kelishib oldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishNagorniy Karabax vo vremya obostreniya konflikta
Nagorniy Karabax vo vremya obostreniya konflikta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon yetakchilari Tog‘li Qorabog‘da urush yakunlanganini e’lon qilishdi va bitim imzolashdi. Bitim nimani anglatishi - Sputnik materialida.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bitim imzolashdi. Bitim matnini Sputnik Armaniston chop qildi.

  • 10 noyabr Moskva vaqti bilan yarim tundan boshlab o‘t ochish to‘liq to‘xtatiladi. Ozarbayjon va Armaniston harbiylari egallab turgan pozitsiyasida to‘xtaydi.
  • Tomonlar harbiy asirlar bilan o‘zaro almashish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.
  • Yerevan  Kelbajar tumani, Agdam tumani va Ozarbayjonning Gazax tumanida Armaniston tomoni egallab turgan hududlar, shuningdek, Lochin tumanini 2020-yil 15-noyabr, 20-noyabr va 1-dekabrgacha Bokuga qaytarishi lozim. Armaniston Tog‘li Qorabog‘ bilan aloqani ta’minlaydigan 5 kilometr kenglikdagi Lochin yo‘lagini oladi. Shuningdek, ushbu yo‘lak Boku avvalroq ozod qilingani aytgan Shusha shahriga ta’sir qilmaydi.
  • Tog‘li Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘i va Lochin yo‘lagi bo‘ylab  Rossiyaning 1960 nafar qurolli, 90 ta zirhli transportor, 380 ta avtomobil va maxsus texnikadan iborat tinchlikparvar kuchlari kontengenti kiritiladi.
  • Tinchlikparvar kuchlari arman harbiylari olib chiqilishi bilan parallel ravishda kiritiladi. Ularning qolish muddati keyingi 5-yillik muddatlarga avtomatik uzaytirish bilan 5-yilni tashkil etadi, agar tomonlardan hech biri bitimdan chiqishga qaror qilmasa.
  • Kelishuvlarning ijro etilishini kuzatish uchun tinchlikni saqlash markazi tashkil etiladi.
  • Yaqin uch yilda Spepanakert va Armaniston o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab yangi harakat yo‘nalishi qurilishi rejasi belgilanishi kerak, keyinchalik bu yo‘nalishni himoya qilish uchun Rossiya tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish bilan. Ozarbayjon Lochin yo‘lagi bo‘ylab transport aloqasi xavfsizligini ta’minlashni kafolatlaydi.
  • Qochqinlar Tog‘li Qorabog‘ hududiga va unga qo‘shni hududlarga BMTning Qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi nazorati ostida qaytib kelishlari kerak.
  • Mintaqadagi barcha iqtisodiy va transport aloqalari yo‘lga qo‘yilishi kerak. Armaniston Ozarbayjon va Naxichevan avtonomi o‘rtasida transport aloqalarini ta’minlash majburiyatini oladi. Transport qatnovini Rossiya chegarachilari nazorat qiladi. Bundan tashqari, Ozarbayjonning asosiy hududini Naxichevan bilan bog‘laydigan yangi transport kommunikatsiyalarini qurishni ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin erishilgan kelishuvlarni Tog‘li Qorabog‘ mojarosini adolatli tartibga solish uchun asos bo‘lishini aytdi.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘ bo‘yicha bitim o‘zi uchun juda og‘ir qaror bo‘lganini aytdi, lekin boshqa chora bo‘lmaganini ta’kidladi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ushbu kelishuvlar Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroga nuqta qo‘yishini ma’lum qildi.

Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar 27-sentabr kuni boshlandi. Armaniston va Ozarbayjon bir-birini harbiy harakatlarni boshlashda aybladi. Rossiya, AQSh va Fransiya yetakchilari tomonlarni o‘t ochishni to‘xatish va dastlabki shartlarsiz muzokaralarni boshlashga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0