OTMga kirishdagi test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi

© AFP 2023 / AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente
Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan davlat OTMlariga kirish uchun test sinovi materiallarining ma’no-mazmuni umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi. Bu haqda mamlakat prezidentining tegishli qarori imzolandi.

Qaror bilan, test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi.

2021/2022-o‘quv yilida psixologiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosidagi qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi.

Uzbekskie studenti sdayut vstupitelnie ekzameni pod otkritim nebom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash joriy etiladi

Qarorga ko‘ra, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi.

“Pedagog xodimlarning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, qaror bilan 2021-yil 1-avgustga qadar bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlash choralari ko‘riladi. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida yuridik shaxs maqomisiz Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi.

Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0