TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Yerevan shahrida namoyishchilar parlament spikeri Ararat Mirzoyanni mashinadan chiqarib, kaltaklashdi.
Bunga mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanning Tog‘li Qorabog‘dagi urushni tugatish to‘g‘risidagi bayonoti sabab bo‘lgan. Ushbu bayonotdan so‘ng hukumat uyi yonida norozilik namoyishi boshlandi, namoyishchilar binoga bostirib kirishdi, Pashinyan kabinetini ag‘darto‘ntar qilib, davlat ramzlarini olib ketishdi.
Keyin ular parlamentga ko‘chib o‘tdilar, u yerda spiker Ararat Mirzoyanni kaltakladilar. Mirzoyan shifoxonaga olib kelinib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Namoyishchilar deputatlardan muxolifat kuchlari safiga qo‘shilishini va Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan uch tomonlama bayonotni bekor qilish jarayonini boshlashni talab qilmoqda.