Vadim Abramov Suriya va Iroqqa qarshi o‘yinlarga 28 nafar futbolchini chaqirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavniy trener sbornoy Uzbekistana Vadim Abramov
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana Vadim Abramov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Suriya va Iroqqa qarshi o‘yinlari uchun 28 nafar futbolchi chaqirildi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon Chempionati—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun 6—18 noyabr kunlari Toshkent va Dubayda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi.

O‘FA matbuot xizmati xizmati xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig‘inga 28 nafar futbolchini jalb etgan.

Ushbu yig‘in doirasida Suriya (12 noyabr) hamda Iroq (17 noyabr) terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.

O‘zbekiston milliy jamoasiga taklif etilgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Botirali Ergashev (“Qo‘qon-1912”), Javohir Ilosov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar: Yegor Krimes (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Kvanju”, Janubiy Koreya), Igor Golban (“Navbahor”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (“Bunyodkor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”),.

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Lutfulla To‘rayev (“Bunyodkor”), Abror Ismoilov (“Paxtakor”), Azizbek Turg‘unboyev (“Navbahor”), Jamshid Iskandarov (“Songam”, Janubiy Koreya), Hojimat Erkinov (“Paxtakor”), Oybek Bozorov (“Nasaf”), Sanjar Qodirqulov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Akmal Mozgovoy (“Nasaf”), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Azizjon G‘aniyev (“Shabob Al Ahli”, BAA).

Hujumchilar: Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”), Shahzodbek Ubaydullayev (“Metallurg”), Igor Sergeyev (“Paxtakor”).

Yangiliklar lentasi
0