TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi universitet oldida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda “Tolo News” telekanali mamlakat IIV ma’lumotiga tayangan xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, hodisa joyida portlash ovozi eshitilgan. U yerga politsiya xodimlari yuborilgan. Binoga qurollangan kishilar kirgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Telekanal manbasining ma’lum qilishicha, portlash va otishma Afg‘oniston va Eron vakillari universitetda kitob ko‘rgazmasini ochayotgan vaqtda ro‘y bergan.
Ta’kidlanishicha, hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.