Habib yana bir jang uchun qaytadi – UFC rahbari

© Getty Images/UFC / Mediabankka o‘tishSleva napravo: Xabib Nurmagomedov (Rossiya) i Djastin Getji (SShA) v boyu za titul chempiona Absolyutnogo boysovskogo chempionata (UFC) v legkom vese.
Sleva napravo: Xabib Nurmagomedov (Rossiya) i Djastin Getji (SShA) v boyu za titul chempiona Absolyutnogo boysovskogo chempionata (UFC) v legkom vese.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UFC rahbari Dana Uayt yengil vaznda chempion, rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning oktagonga qaytishiga ishonmoqda.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. UFC rahbari Dana Uayt yengil vaznda chempion, rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning oktagonga qaytishiga ishonmoqda. Bu haqda BJPenn portali xabar qildi.

UFC rahbari Habib avvalgidek chempion bo‘lib qolmoqda va vaqtinchalik yetakchilik yo‘qligini ta’kidladi.

"Ishoning, Habib yana bir jang uchun qaytadi. Bu unvon bo‘sh bo‘lmaydi. U avvalgidek chempion. Hech qanday bo‘sh kamar yo‘q, vaqtinchalik chempion unvoni yo‘q", - Uayt so‘zlarini keltiradi nashr.

Habibning oxirgi jangi

25 oktabr kuni UFC 254 musobaqasida Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getji ustidan g‘alaba qozonib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Jangdan so‘ng rossiyalik chempion MMAdagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

Sportchi 29 ta jangda o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Nurmagomedovning Getji ustidan g‘alabasidan so‘ng UFC rahbariyati vazn toifasidan qat’iy nazar jangchilarning yangilangan reytingini taqdim etdi, unda Habib birinchi o‘rinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0