Dunyoda COVID dan o‘lim antireytingida yetakchi o‘zgardi

© AP Photo/Ebrahim NorooziPoxoroni cheloveka, skonchavshegosya ot COVID-19
Poxoroni cheloveka, skonchavshegosya ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chexiya aholining har 100 mingidan COVID-19 dan o‘lim holati bo‘yicha Andorrani ortda qoldirib, yetakchi o‘ringa ko‘tarilgan.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. So‘nggi yetti kun ichida Chexiya koronavirusdan o‘lim antireytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Ma’lumotlar Kasalliklarning oldini olishi va nazorat qilish Yevropa markazi (ECDC) tomonidan taqdim etilgan.

Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
JSST: niqob taqish Markaziy Osiyo mintaqasida 200 mingdan ziyod hayotni saqlashga imkon beradi

Chexiya aholining har 100 mingidan COVID-19 dan o‘lim holati bo‘yicha Andorrani ortda qoldirib, yetakchi o‘ringa ko‘tarilgan. Hozir Chexiyada o‘lim ko‘rsatgichi 11,02, Andorrada esa 7,88 tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Belgiya (6,81), Armaniston (6,19) va Chernogoriya (6,11) joylashgan.

So‘nggi hafta mobaynida Chexiyada 1174 nafar koronavirusga chalingan kishi vafot etgan.

Chexiyada pandemiya boshlangan buyon 341 mingdan ziyod kishi koronavirus yuqtirib olgan. 3 429 kishi virus qurboniga aylangan. Mamlakat aholisi 10,6 millionni tashkil etadi.

5 oktabrdan mamlakatda favqulodda vaziyat rejimi amal qiladi. 30-oktabr kuni parlament deputatlari uni 20-noyabrga qadar uzaytirishni yoqlab ovoz berdi. Favqulodda vaziyat doirasida maktablar va OTMlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, madaniyat muassasalari, do‘konlar (oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari) yopilgan. Barcha sport musobaqalari to‘xtatib qo‘yilgan. Shuningdek, fuqarolarga ko‘chaga zaruratsiz va niqobsiz chiqish taqiqlangan

Yangiliklar lentasi
0