Fransiyada arman va turk diaspora vakillari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishAksiya protesta profsoyuzov v Parije
Aksiya protesta profsoyuzov v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyaning janubi-sharqidagi Izer departamentidagi A7 avtomagistralida arman va turs diaspora vakillari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Arman diasporasi vakillari bugun ertalab Fransiyaning janubi-sharqidagi Izer departamentidagi A7 avtomagistralida transport vositalarini to‘sib qo‘yishdi. Namoyish paytida turk diaspora vakillari bilan mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti Dauphiné Libéré gazetasiga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, namoyish mahalliy vaqt bilan soat 07.15 da boshlandi. Natijada Revanten-Vogri kommunasi hududida har ikki yo‘nalishda transport harakati to‘sib qo‘yildi. Ayni vaqtda bu nazorat punktida katta tirbandlik hosil bo‘ldi: Lion-Vena yo‘nalishida 5 km va Marsel-Lion yo‘nalishida 3 km.

Namoyish arman diasporasi tomonidan uyushtirildi: ertalab bu yerga o‘nlab mashinalar yetib keldi, namoyishchilarda Armaniston bayroqlari bo‘lgan. Diaspora vakillari Tog‘li Qorabog‘ni xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishini talab qilmoqda.

Voqea joyida turk diasporasi vakillari ham yetib keldi, ular o‘rtasida mashtlashuv boshlandi, buning oqibatida 4 kishi jarohat oldi.

Mojaro ishtirokchilari pichoq qo‘lladi, bir kishiga bolg‘a bilan zarba berildi.

Voqea joyiga politsiya va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishdi va jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatildi. Bir kishi shifoxonaga olib kelindi, 3 kishi yengil jarohat oldi.

Prokuratura qurol qo‘llash holati bo‘yicha tergov boshladi.

Yangiliklar lentasi
0