TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zgidromet ob-havo keskin sovishi haqida ogohlantirdi.
27 oktabrda respublikaning shimoliy tumanlariga, 28-29 oktabrda butun O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismi (Moskva viloyati)dan Volgabo‘yi orqali sovuq havo oqimining kirishi kutilmoqda.
27-28 oktabrda O‘zbekiston bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
28-29 oktabrda havo harorati kechasi 0-3° darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2° sovuq bo‘ladi, kunduzi 10-13° daraja iliq bo‘ladi.