TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Janubiy Koreya matbuotida Kim Chen Inning rafiqasi – Li Sol Chju g‘oyib bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Daily NK nashri yozishicha, mamlakatning birinchi xonimi oxirgi marta 25-yanvarda rasmiy lavhalarda ko‘ringan. Yangi yil bayrami munosabati bilan “Samchjiyen” musiqa teatrida tashkil etilgan tantanada Li Sol Chju turmush o‘rtog‘iga hamrohlik qilgandi.
Bundan keyin Shimoliy Koreyaning yetakchisi bir necha bor omma oldida ko‘rinish bergan, fabrikalar, turli qurilish ishlari nazorat qilish maqsadida joylarga chiqqan.
10 oktabrda KXDRda Koreyaning Ishchi partiyasi tashkil topganligining 75-yilligi munosabati bilan harbiy parad bo‘lib o‘tdi, biroq tadbirda Li Sol Chju qatnashmadi.
Jurnalistlar fikriga ko‘ra, kameralar nihogidan uzoq vaqtgacha g‘oyib bo‘lishining sabablari biri Kim Chen Inning rafiqasi homilador yoki COVID-19'ga chalinmaslik uchun o‘zini ehtiyot qilmoqda. Shuningdek, Li Sol Chju begonalarning yordamisiz harakatlana olmaydigan xolasiga qarayapti, degan taxminlarni bildirishmoqda.