O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga qassobchilik uchun jo‘natilishi mumkin

Obuna bo‘lish
Haj mavsumida O‘zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistoniga qassobchilik ishlariga jalb qilish masalalari muhokama etilgan. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ish sharoitlari va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha fikr almashilgan.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga qassobchilik uchun jo‘natilishi mumkin.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Andijondan 4500 nafar fuqaro Rossiyaga ishga yuboriladi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan xabar berishlaricha, agentlik, O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi va Islom taraqqiyot banki vakillari ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvda Haj mavsumida O‘zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistoniga qassobchilik ishlariga jalb qilish masalalari muhokama etilgan. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ish sharoitlari va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha fikr almashilgan.

Yaqin vaqt ichida fuqarolarni Saudiya Arabistonida qassobchilik bilan shug‘ullanishga jalb qilish bo‘yicha O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlar o‘rganiladi. Nomzodlarning shariat asosida Haj mavsumida qurbonlik uchun hayvonni so‘yish tajribasi, arab yoki ingliz tilini bilish darajasi e’tiborga olinadi, fuqarolarni bu sohaga tayyorlash imkoniyatlari o‘rganiladi.

Yangiliklar lentasi
0