Kurskda 17 yoshli qiz 30 nafar yigitni voyenkomatga olib keldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishVoyenkomat
Voyenkomat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari yoshlarni harbiy xizmatga jalb etishning antiqa uslubini topishdi. Ilk tajribada yangi chora 100 % samarali ekanini namoyish qildi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Rossiyaning Kursk shahrida 17 yoshli o‘quvchi qiz 30 nafar yigitlarni harbiy xizmat uchun voyenkomatga olib kelishga yordam berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

O‘quvchi qiz uyma-uy yurib chaqiriq yoshiga yetgan yigitlarga "povestka" topshirishda yordam bergan. Yigitlar eshik ortida turgan qizni ko‘rib, ikkilanmasdan eshikni ochishganda ularning qo‘liga voyenkomat povestkasi tutqazilgan.

"Men harbiy xizmatni o‘tab kelgan yoshlarga hurmat bilan qarayman. Buni sharafli majburiyat deb hisoblayman va ushbu ishni amalga oshirishda yordam berdim", - deydi u qiz bolaning o‘zi.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, povestka olgan yigitlarning barchasi o‘z vaqtida harbiy muassasaga yetib kelgan. 

Voyenkomat esa ushbu tajribadan mamnun. Ular kelajakda ham bunday amaliyotdan foydalanishlari mumkinligini xabar qilishgan. Yordamchi qizga esa - minnatdorlik qog‘izi topshirilgan. 

Yangiliklar lentasi
0