Kontrakt pulini 4ga bo‘lib to‘lash mumkin - vazirlik

Obuna bo‘lish
Ushbu o‘quv yilidan boshlab to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qish pulini 4 qismga bo‘lib to‘lashlari mumkin.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2020-21 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt pulini o‘quv yili davomida 4ta teng bo‘lakka bo‘lib to‘lashi mumkin. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.

Kontrakt pulini to‘lash uchun quyidagi muddatlar belgilangan:

  • kamida 25 % - 15-sentabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha. Yoki OTM rahbariyati tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;
  • kamida 50 % - 1-yanvargacha, 75 foizi - 1-aprelgacha va 100 foizi - 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha;

Xorijiy fuqarolar uchun to‘lov muddati oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan alohida belgilanishi  mumkin.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlar  o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0