Aziz Abduhakimov Toshkentdagi veloyo‘laklarni shaxsan sinab ko‘rdi

© UzbekturizmAziz Abduxakimov lichno protestiroval velodorojki Tashkenta - foto
Aziz Abduxakimov lichno protestiroval velodorojki Tashkenta - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda Ahmad Donish, Farg‘ona yo‘li va Anhor bo‘yi ko‘chalarida ikki yil ichida qo‘shimcha 45 km velosiped yo‘laklari quriladi.

TOShKENT, 23 okt - Sputnik.  Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Mirobod hamda Sergeli tumanlarida veloyo‘lakchalar qurilishini ko‘zdan kechirdi va ularni shaxsan sinab ko‘rdi.

Ishchi guruh tarkibiga, shuningdek Sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov, hokimning Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Akramova hamda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori Sanjar Tadjiyev, tumanlar hokimlari va boshqalar kirishdi.

© UzbekturizmAziz Abduxakimov lichno protestiroval velodorojki Tashkenta - foto
Aziz Abduhakimov Toshkentdagi veloyo‘laklarni shaxsan sinab ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Aziz Abduxakimov lichno protestiroval velodorojki Tashkenta - foto

Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, Shahrisabz ko‘chasidagi veloyo‘lakcha yaqin 10 kun ichida ekspluatatsiyaga topshiriladi. Ta’kidlash joizki, bu yo‘lakchalarda ko‘zi ojiz kishilar xavfsiz harakatlanishi uchun alohida joy ajratilgan.

“Bu yo‘llarni o‘zimiz shaxsan harakatlanib sinab ko‘rmasak, ommaviy sport hamda sog‘lom turmush tarzini  targ‘ib qilishga doir ishlar jadal ketmaydi”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov aytishiga ko‘ra, yaqin 2-yil ichida Toshkentda qo‘shimcha 45 km velosiped yo‘laklari quriladi. 

“Ahmad Donish ko‘chasi to‘liq tayyor bo‘ldi, umumiy maydoni 5 kilometrni tashkil etdi. Farg‘ona yo‘li ko‘chasida veloyo‘lakcha yaratilmoqda, har bitta tomonini 7 kilometrdan hisoblasak, umumiy maydoni -14 km. Bundan tashqari, anhor bo‘ylarida ham veloyo‘laklar barpo etilgan bo‘lib, ularning umumiy maydoni 10 km chiqadi. Xulosa qilib aytganda, bu yil 20 km maydon veloyo‘lakchaga aylantiriladi, keyingi yil esa kamida 25 km maydon veloyo‘lakchaga aylantirilishi belgilangan”, - dedi Hidoyatov. 

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, asosiy kamchiliklar ayrim joylarda zinapoyalar qurilishi va bo‘yoq ishlari oxiriga yetkazilmaganligi bilan bog‘liq, lekin eng asosiy muammo avtomobillar egalarining o‘z mashinalarini tegishli belgilari bo‘lishiga qaramasdan veloyo‘lakchalarga joylab qo‘yishidadir.

Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari ushbu o‘rganish ishlari butun shahar bo‘ylab amalga oshirilishini xabar qildi.

© UzbekturizmAziz Abduxakimov lichno protestiroval velodorojki Tashkenta - foto
Aziz Abduhakimov Toshkentdagi veloyo‘laklarni shaxsan sinab ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Aziz Abduxakimov lichno protestiroval velodorojki Tashkenta - foto

 

 

Yangiliklar lentasi
0