Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Bahromov vafot etdi

© Narodnoe slovoUshel iz jizni xokim Kattakurganskogo rayona Samarkandskoy oblasti
Ushel iz jizni xokim Kattakurganskogo rayona Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
A’zamxon Bahromov 2006—2008 yillarda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan. 2017-yildan hozirgi kunga qadar Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Bahromov 19-oktabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, uning janozasi 19-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Marhumning o‘limi sabablari ochiqlanmagan.

Mehnat faoliyati davomida Vazirlar mahkamasida turli lavozimlarda ishlab kelgan A’zamxon Bahromov 2000—2001 yillarda bosh vazir kotibiyati mudiri, 2006—2008 yillarda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, 2017-yilda Qo‘shrabot tumani hokimi, 2017-yildan hozirgi kunga qadar Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0