TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘tgan tun davomida 12 ta hududda 120 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 62 175 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning:
- 21 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 15 nafari Namangan viloyatida,
- 13 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 12 nafari Andijon viloyatida,
- 11 nafari Toshkent shahrida,
- 11 nafari Toshkent viloyatida,
- 9 nafari Samarqand viloyatida,
- 7 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 6 nafari Xorazm viloyatida,
- 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlari soni 516 nafarni tashkil etmoqda.
Shu paytga qadar 59 095 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2 564 nafar bemor davolanmoqda.