Rossiyalik shifokorlar missiyasi yakunlandi

© Minzdrav UzbekistanaRossiyskie vrachi vernulis na rodinu posle 2x nedel prebivaniya v Uzbekistane
Rossiyskie vrachi vernulis na rodinu posle 2x nedel prebivaniya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik mehmon shifokorlar ikki hafta davomida O‘zbekiston shifoxonalarida tajriba almashishdan so‘ng vataniga qaytib ketishdi.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. O‘zbekistonga kelgan rossiyalik shifokorlar belgilangan vazifalarini yakunlab vataniga qaytib ketishdi. 

Mehmonlarni kuzatish tadbiri davomida delegatsiya rahbari Konstantin Pokrovskiy va anesteziolog-reanimatolog shifokor Irina Machulinaga “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistonda qisqa vaqt ichida koronavirusg qarshi kurash uchun barcha sharoitlar yaratilgani va tibbiyot tizimi qayta ko‘rib chiqilganini qayd etib bunga yuqori baho berishdi. 

Eslatib o‘tamiz, 35 nafar  Rossiyalik epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, xirurg, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralari 18 sentabr kuni O‘zbekistonga kelgan edi. Ikki hafta davomida Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, shifokorlarimiz bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashdilar.

 

Yangiliklar lentasi
0