O‘zbekistonda eng arzon palov qayerda tayyorlanadi - statistika qo‘mitasi bayonoti

© Iz lichnogo arxiva Denisa AleshinaPlov
Plov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha eng arzon palov Qoraqalpog‘istonda tayyorlanadi. U yerda bir porsiya palov o‘rtacha 13 883 so‘mdan sotilmoqda. Eng qimmat palov esa Buxoro viloyati (18 667 so‘m) va Toshkent shahrida (18 600 so‘m) ekani aniqlangan.

TOShKENT, 1 okt - Sputnik. O‘zbekistonda eng qimmat va eng arzon osh qayerda tayyorlanayotgani ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston viloyat markaziy hududlari kesimida tayyor palovning o‘rtacha narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Samarkandskiy plov ot genkonsula Uzbekistana v Tatarstane - Sputnik O‘zbekiston
"Palov indeksi": O‘zbekistonning qaysi viloyatlarida osh qimmatladi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha eng arzon palov Qoraqalpog‘istonda tayyorlanadi. U yerda bir porsiya palov o‘rtacha 13 883 so‘mdan sotilmoqda. Eng qimmat palov esa Buxoro viloyati (18 667 so‘m) va Toshkent shahrida (18 600 so‘m) ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.

Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Yangiliklar lentasi
0