O‘zbekistonlik futbolchi to‘p surayotgan “Rostov” klubi Italiyaning “Jenoa” klubi bilan hujumchi transferi borasida kelishuvga erishdi.
Klub Shomurodov jamoa a’zolari bilan xayrlashayotgan videoni e’lon qildi. Sportchi Rossiya klubi muxlislariga murojjat qildi va ularga minnatdorchilik bildirdi.
Shomurodov yaqin kunlarda Italiyaga keladi – “Jenoa” direktori
“Mening gollarimdan keyingi sizning his-tuyg‘ularingizni yodda saqlayman. Hech qachon unutmayman. Sizga eng ezgu tilaklarni tilab qolaman. <...> Hozir olg‘a qadam bosish vaqti keldi, lekin bu men klubni unutaman degani emas. Men hamisha “Rostov”ning muxlisi bo‘lib qolaman”, - dedi futbolchi.
Shomurodov muxlislar, jamoadoshlari va murabbiylarga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.
Spasibo za vse, Eldor!
— Football Club Rostov (@rostovfc) October 1, 2020
Mejdu «Rostovom” i italyanskim klubom «Djenoa” dostignuto soglashenie po transferu napadayushego.
Jelayem tebe udachi, Eldor!
🎥 https://t.co/vKB4RmFNm7 pic.twitter.com/MgDWAlabMh
O‘zbekistonlik futbolchi 2017-yildan beri “Rostov” safida harakat qilib kelayotgan edi. Bu vaqt oralig‘ida Eldor 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol hamda 12 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.