O‘zbekistonda koronavirus: 30-sentabr asosiy xabarlari

© Press-slujba Departamenta zdravooxraneniya goroda Moskvi / Mediabankka o‘tishV Sheremetyevo usilili sanitarniy kontrol v svazi s koronavirusom
V Sheremetyevo usilili sanitarniy kontrol v svazi s koronavirusom   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 363 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 717 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Produkti, soderjashie vitamin D - Sputnik O‘zbekiston
Kuzda immunitetni qanday mustahkamlash mumkin – virusolog tavsiyalari

Bir sutka davomida 363 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56 252  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 48 nafari Toshkent shahrida, 25 nafari Jizzax viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 396 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 53 366 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foiz.

Ayni paytda 2 881 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 470 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Abxaziyadagi o‘zbekistonliklar

Abxaziya hududida bo‘lib turgan 400 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarining vatanga qaytishda ko‘mak berish to‘g‘risidagi murojaatlari kelib tushgan.

TIV ma’lum qilishicha, yordamga muhtojlardan (ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalar) iborat O‘zbekiston fuqarolarining birinchi guruhini shu yilning oktabr oyi boshlarida O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 33,8 milliondan oshdi, 1 milliondan ortiq  kishi vafot etdi, 25,1 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (7,4 mln), Hindistonda (6,2 mln), Braziliyada (4,8 mln).

Yangiliklar lentasi
0