O‘zbekistonda bugundan sug‘urtasiz haydovchilar mashinasi jarima maydoniga olib ketilmaydi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaEvakuatsiya avtomobilya na shtrafstoyanku
Evakuatsiya avtomobilya na shtrafstoyanku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchilar yonida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi bo‘lmasa, transport vositalarini ushlab turish amaliyotini bekor qilindi.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. 29-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi angi qonun kuchga kirdi.  

Mazkur qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 291-moddasiga, transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibiga o‘zgartish kiritildi.

Qonunga ko‘ra, haydovchilar yonida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi bo‘lmasa, transport vositalarini ushlab turish amaliyotini bekor qilinmoqda. Ya’ni endilikda sug‘urtasi bo‘lmagan haydovchi jarima solinadi, uning boshqaruvidagi avtomashina jarima maydoniga olib ketilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Mening fikrim” veb-portalida mazkur amaliyotni bekor qilish taklifi berilgan edi va u 10 000dan ortiq ovoz to‘plagan edi.

Senat sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagan edi.

Yangiliklar lentasi
0