TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘tgan tun davomida O‘zbekistonda yana 192 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 55 593 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 147 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Namangan viloyatida, 9 nafari Qashqadaryo viloyatida, 1 nafari Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 460 nafarni tashkil etmoqda.
Sh paytga qadar 51 965 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 168 nafar bemor davolanmoqda.