O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar soni 54,6 mingdan oshdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayushix iz zarubeja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda O‘zbekistonda 3 255 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 718 nafari og‘ir, 289 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 660 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Profilaktika grippa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan o‘lim darajasini ancha pasaytiradigan vitamin nomi oshkor qilindi

Yangi kasallanish holatlari O‘zbekistonning 7ta hududida aniqlangan.

Xususan, Toshkent shahrida - 112 nafar, Namangan viloyatida - 26, Andijonda - 15, Sirdaryoda - 14, Jizzaxda - 13, Samarqandda - 12, Toshkent viloyatida - 3 nafar bemor aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda mamlakatda 50 954 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 3 255 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 718 nafari og‘ir, 289 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0