Avariya Ispaniyadagi Vilyamalea vino tayyorlash hududida ro‘y bergan, deb xabar qiladi LAD Bible.
Ta’kidlanishicha, vino zavod hududiga yoyilib ketgan. Ichimlik saqlanishi uchun mo‘ljallangan sisternada yoriq yuz bergan va qimmatbaho ichimlik aynan shu tuynuk orqali oqib ketgan.
Videodagi kadrlarda qizil vinodan iborat fontanning qanday vujudga kelgani aks etgan: ichimlik temir sisternalardan fotnan bo‘lib otilib, sanoqli daqiqalarda zavod hududida kattagina ko‘lmak hosil qildi.
Hodisa oqibatida korxona umumiy hisobda 50 ming litr alkogol ichimlikni yo‘qotgan.
Baxtsiz hodisa sabablari hozircha ma’lum emas.