TOShKENT, 18 sen - Sputnik. O‘zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreya bilan bilan ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etuvchi soliq konvensiyasini tasdiqladi. Bu haqida Norma.uz xabar qilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti 15 sentabr kuni soliqqa doir PQ-4826 va PQ-4827-sonli qarorlarni imzoladi. Ularda ap quyidagi hujjatlar kuchga kirishi tasdiqlangan:
- O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida 2019-yil 19-dekabrda Tokio shahrida imzolangan Daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1998-yil 11-fevralda imzolangan Ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2019-yil 19-aprelda Toshkent shahrida imzolangan bayonnoma.
Hujjatlar 16-sentabrdan kuchga kirdi. Tashqi ishlar vazirligiga mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari O‘zbekiston tomonidan bajarilganligi to‘g‘risida bizning xorijiy hamkorlarimizga tegishli xabarnoma yo‘llash topshirildi, deyilgan xabarda.