TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Tailandda 10 mingga yaqin o‘rdaklar sholi dalalarini hashorotlardan tozlashda yordam bermoqda. Ushbu haqidagi video internetda tarqaldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ma’lum bo‘lishicha, Nakxon viloyati fermerlari o‘zaro kelishuvga ko‘ra sholi dalalarini hashorotlardan tozalash maqsadida o‘rdaklar armiyasidan samarali foydalanishmoqda. O‘rdaklar 5 oy davomida dehqonlarga dalalarni qumusqalardan tozalashda yordam beradi va shundan so‘ng o‘z fermalariga qaytadi.
Fermer Apivat Chalermklin aytishiga qaraganda ushbu amaliyot ikkala tomonga ham foyda keltirmoqda: dehqonlar hashorotlarga qarshi turli kimoviy moddalardan foydalanmaydi, parrandachilar esa - qushlarni ovqatida ekonom qiladi.
DUCK ARMY: Drone footage captures 10,000 ducks “cleaning” rice paddies in Thailand. Farmers use the ducks to remove pests from the fields. pic.twitter.com/zwu5AqmAZk
— CBS News (@CBSNews) September 15, 2020