TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash, uning tarqalishini oldini olish uchun jalb qilingan shifokorlar, sanitar-epidemiologik xizmat va boshqa xodimlarga O‘zbekiston Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan 2,252 trillion so‘m mablag‘ ajratildi, deb xabar qilmoqda Moliya vazirligi.
Ushbu mablag‘lar quyidagi tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi:
- Maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari ajratildi: 14 kunlik faoliyat davri uchun shifokorlarga 25 mln so‘mdan, o‘rta tibbiy personalga - 15 mln so‘mdan va kichik tibbiy personalga - 10 mln. so‘mdan maxsus qo‘shimcha to‘lovlar ajratilgan.
- Har kunlik oylik lavozim maoshiga 6% miqdorida qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan.
- Sanitariya-epidemiologik xizmat xodimlari oylik maoshiga mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi uchun belgilanadigan qo‘shimcha to‘lovlar 15foizdan 50 foizgacha, 40 foizdan 75 foizgacha oshirildi va razradlari bo‘yicha koeffitsiyent ham 5 %ga oshirildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 14-sentabr kuniga tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning 1 347 nafariga 12,2 mlrd. so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘langan. Batafsil quyida tanishing.