WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatda

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaFinal chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Vladivostok
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Vladivostok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
WorldSkills Russia dunyoda birinchi bo‘lib VIII Milliy chempionat finalini masofaviy ochiq formatda o‘tkazadi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. WorldSkills Russia VIII Milliy chempionati finali 2020-yil 6 sentabrdan 21-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadi, ilk bor masofaviy ochiq formatda.

Koronavirus epidemiyasi butun dunyoda odatdagi ish tarziga o‘z tuzatishlarini kiritdi. Shu bilan birga yangi ufqlar ham ochildi: hozir raqamli maydonlarning omadi rosa chopgan. Har kungi yig‘ilishlar, sport bilan shug‘ullanish, do‘stlar bilan uchrashuv, biznes, maktab, universitet, muzeylar onlayn tarzga o‘tib ketdi. WorldSkills Russia ham ta’lim, mashg‘ulotlar, musobaqalar va malakaga baho berishni masofaviy formatda o‘tkazish uchun yangi raqamli vositalar ishlanmalaridan chetda qolmadi.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaSistemnaya rabota po razvitiyu dvijeniya WorldSkills Russia
WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatda - Sputnik O‘zbekiston
Sistemnaya rabota po razvitiyu dvijeniya WorldSkills Russia

Milliy chempionat finalini boshqa kunga ko‘chirmaslik uchun ilk bor WorldSkills tizimida uning masofaviy ochiq formati ishlab chiqildi. Unga keyinchalik boshqa mamlakatlar tatbiq etishi va kadrlarni tayyorlash va milliy chempionatlarni o‘tkazishda o‘z tizimlarida qo‘llay oladigan eng yaxshi texnologiya va usullar kiritildi.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaSistemnaya rabota po razvitiyu dvijeniya WorldSkills Russia
WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatda - Sputnik O‘zbekiston
Sistemnaya rabota po razvitiyu dvijeniya WorldSkills Russia

Milliy chempionat finali doirasida bahslar 130 ta malakalar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi (o‘smirlar uchun – 70). Milliy chempionatda 2800 nafardan ziyod kishi ishtirok etadi, ular orasida o‘smirlar va xorijlik ishtirokchilar bo‘ladi. Taqqoslash uchun: 2018-yilda ular 700 nafar, 2019-yilda esa 1500 nafar edi. Ekspertlar uyushmasi 700 nafardan ziyod kishini tashkil etdi. WorldSkills Russia tomonidan ishlab chiqilgan yangi format chempionatda butun mamlakat bo‘ylab maksimal ishtirokchilar qatnashishiga imkon berdi. Shunday qilib, 2020-yilgi WorldSkills Russia VIII Milliy chempionati finali Rossiyada 8-yil ichidagi eng ko‘lamlisi bo‘ladi. Barcha xohlovchilar bahslarni dunyoning istalgan burgachidan onlayn efir yordamida kuzatishlari mumkin.

Malakalar (kompetensiya) 7 ta kasb bloklariga muvofiq keladi: qurilish va qurilish texnologiyalari; informatsion va kommunikatsiya texnologiyalari; ijodkorlik va dizayn; ishlab chiqish va muhandislik texnologiyalari; xizmat sohasi; transport va logistika; Future Skills.

Final kollejlarning mintaqa maydonlari hamda malakalar ixtisoslashgan va xalqaro markazlarida bo‘lib o‘tadi. Bosh ekspertlar real vaqt rejimida musobaqalar borish jarayonini kuzatadi va reglamentga mos kelishni nazorat qiladi.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaFinal chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Orenburgskaya oblast
WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatda - Sputnik O‘zbekiston
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Orenburgskaya oblast

Ishtirokchilar chiqishini baholash masofaviy va onlayn texnologiyalarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Baholar tizimi bir nechta bloklarga ajratiladi. Musobaqa qatnashchisi ishi ekspertlar tomonidan mintaqada yoki masofaviy tarzda ko‘z bilan nazorat qilish vositalari yordamida baholanadi. Masofaviy baholashning imkoni bo‘lgan narsalar eksress pochta bilan Novokuzneskdagi musobaqalarni boshqarish asosiy markazi yoki musobaqalarni boshqarish yordamchi markazlariga jo‘natiladi. Ular Moskva va Qozondagi maydonlarda joylashgan.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaFinal chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Tumenskaya oblast
WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatda - Sputnik O‘zbekiston
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Tumenskaya oblast

Qolaversa, “Kelajakka chipta” platformasida keluvchilar uchun Try-a-skill – “Kasbda o‘ziningni sinab ko‘r” maxsus masofaviy loyiha tashkil etiladi. Har bir xohlovchi virtual ekskursiyada ishtirok etishi va kompetensiyalarda o‘z kuchlarini zamonaviy onlayn faollik yordamida sinab ko‘rishlari mumkin.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaFinal chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Respublika Tatarstan
WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatda - Sputnik O‘zbekiston
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Respublika Tatarstan

Ishning global usulidagi o‘zgarishlar va raqamli iqtisodiyotning o‘sishini eks ettiruvchi transformatsiya qo‘shma sa’y-harakatlar mahsulidir. WorldSkills Russia allaqachon yangi metodikalarni ishlab chiqarishda ilg‘or va milliy chempionatni yangi, masofaviy ochiq formatda o‘tkazish Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi, Kuzbass hukumati, Strategik tashabbuslar agentligi (ASI) va dunyoning 50 ta yetakchi kompaniyalar hamkorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaFinal chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Vladimir
WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatda - Sputnik O‘zbekiston
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Vladimir

Kuzbass – dunyoning eng katta ko‘mir koni joylangan yerlaridan biri – VIII Milliy chempionat markazi bo‘ladi. Bu yerda og‘ir sanoat, metallurgiya korxonalari joylashgan. Bugun Kuzbass faol ravishda rivojlanmoqda, zavodlarda eng yuqori jahon standartlariga mos keluvchi zamonaviy texnoligiyalar, ilg‘or mexanizm ishlari tatbiq etilmoqda. Mintaqaga yuqori darajadagi professionallar kerak. Shuning uchun milliy chempionat finalini o‘tkazish – yoshlarga talab qilanayotgan mutaxassisliklarning barchasini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaFinal chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Novosibirsk
WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatda - Sputnik O‘zbekiston
Final chempionata WorldSkills Russia proxodit v distansionno-ochnom formate. Novosibirsk

Chet ellik qatnashchilar ham an’anaviy tarzda WorldSkills Russia milliy chempionatiga qo‘shilish va ta’lim olish hamda bir nechta malakalar bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega. Chempionat doirasida Yevroosiyo hududidagi mamlakatlar musobaqa qatnashchilari uchun yevroosiyo sinovi rejalashtirilmoqda.

“WorldSkills Russia kadrlarni tayyorlash kompleks tizimini tuzish, profesional mahorat bo‘yicha chempionatlarni tashkil etish hamda o‘qitishni o‘tkazish uchun raqamli xulosa yaratish va rivojida hamkor mamlakatlar bilan katta halqaro hamkorlik tajribasiga ega, - deydi WorldSkills Russia bosh direktori Robert Urazov. – Hozir biz Yevroosiyo hududidagi, jumladan, MDHdagi mamlakatlarda kadrlarni tayyorlash tizimiga shunday xulosalarni tatbiq etishga ko‘maklashmoqdamiz. Bu ish doirasida biz Rossiya maydonlari, WorldSkills Russia raqamli infratuzilmalari va resurslari hamda kompaniyalar va ta’lim muassasalarining hamkorlik tarmog‘iga masofaviy ulanib, birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. Bunday yondashuv ishlab chiqilgan texnologiyalarni takomillashtirishga imkon beradi, MDH mamlakatlari bilan yagona mehnat bozorini yuqori malakali mutaxassislar bilan birgalikda ko‘paytirish va keyinchalik ta’minlashga ko‘maklashadi”.

Musobaqaning o‘zbek qatnashchilari va ekspertlarining chempionatda ishtirok etishi – mamlakatda harakatni yanada rivojlantirish va WorldSkills Russia tomonidan milliy finalda sinovdan o‘tkazilayotgan dunyodagi eng ilg‘or amaliyot va vositalarni o‘rta professional ta’lim tizimiga tatbiq etish maqsadida Respublikaning WorldSkills Russia bilan hamkorligining bir qismi.

Professional mahorat bo‘yicha musobaqa tashkil etishdan tashqari, hozir WorldSkills Russia yordamida bir nechta tashabbus amalga oshirilmoqda. Ular orasida monomarkaz negizida band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha WorldSkills Russia standartlariga bo‘yicha professional ta’lim markazi va malakani baholash markazini tashkil etish, ishchi kasblar bo‘yicha mutaxassis va ekspertlarni birlashtirish yo‘li bilan ekspertlar uyushmasini tuzish hamda har bir alohida malaka bo‘yicha ekspert tarmog‘ini yaratish.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaWorldSkills Russia uje ne perviy god sotrudnichayet s predstavitelyami iz Uzbekistana v chasti razvitiya dvijeniya WorldSkills v strane
WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatda - Sputnik O‘zbekiston
WorldSkills Russia uje ne perviy god sotrudnichayet s predstavitelyami iz Uzbekistana v chasti razvitiya dvijeniya WorldSkills v strane

Respublikada professional ta’lim dasturiga keyinchalik skill-pasportlarini berish bilan WorldSkills standartlari bo‘yicha malakani mustaqil baholash tatbiq etilmoqda. U joriy yildan o‘rta maxsus professional ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy diplomga tenglashtiriladi va namoyish uchun belgilangan imtihonlarni topshirganlarga beriladi, 2020-yil 1-yanvardan.

Yaqinda WorldSkills Russia va O‘zbekiston Respublikasi Ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolangan bitim harakatning kelajakda keng miqyosda yoyilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida kasbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan birgalikdagi turli loyihalarni nazarda tutadi. 

WorldSkills Russia zapuskayet noviy ochno-distansionniy format obucheniya Future Skills Camp  - Sputnik O‘zbekiston
Kelajak kasbi sari oddiy yo‘l - Future Skills Camp

Bundan tashqari, WorldSkills Russia milliy musobaqalar o‘tkazishga yordam beradi: Qozog‘iston va Rossiya bilan birgalikda respublikada ishchi kasblar bo‘yicha birinchi O‘zbekiston ochiq chempionati o‘tkazildi. WorldSkills, shuningdek, 2021-yili Shanxaydagi kasbiy mahorat bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatida respublika sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibini shakllantirish va ularni musobaqaga tayyorlashga yordam beradi.

WorldSkills Russia tomonidan ishlab chiqilgan masofaviy ochiq format katta global o‘zgarishlarga qaramasdan O‘zbekiston bilan samarali hamkorlikni o‘sha darajada davom ettirishga imkon beradi. Masalan, 2020-yil iyun oxirida bunday format Future Skills Camp ta’limi doirasida sinovdan o‘tkazilgan edi. O‘shanda yosh o‘zbekistonlik mutaxassislar zamonaviy raqamli iqtisodiyot uchun eng istiqbolli o‘nta kasblar bo‘yicha treningda ishtirok etdi.

© Foto predostavleno press-slujboy WorldSkills RussiaWorldSkills Russia uje ne perviy god sotrudnichayet s predstavitelyami iz Uzbekistana v chasti razvitiya dvijeniya WorldSkills v strane
WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatda - Sputnik O‘zbekiston
WorldSkills Russia uje ne perviy god sotrudnichayet s predstavitelyami iz Uzbekistana v chasti razvitiya dvijeniya WorldSkills v strane

WorldSkills Russia VIII Milliy chempionati finali doirasida yana ishlab chiqilgan raqamdi texnologiyalarni nafaqat o‘z maydonlarida, balki hamkor mamlakatlar maydonlarida ham sinovdan o‘tkazib ma’qullaydi, shunday qilib ularni takomillashtiradi va u yoki bu milliy o‘qitish tizimiga moslashtiradi. Olish va keyinchalik WorldSkills Russia “laboratoriyalarida” yaratilgan vositalarni kadrlar tayyorlash o‘z milliy tizimida tatbiq qilish uchun mamlakatlar kasbiy mahorat bo‘yicha Rossiya milliy chempionatlarida ishtirok etishda yuqori qiziqish bildirishmoqda. Shunday qilib, WorldSkills Russia amaliyotini nafaqat milliy, balki global darajada ham kengaytiradi.

Bu yil o‘zaro tajriba almashish va yangi texnoligiyalarni o‘rganish uchun, jumladan, maxsus onlayn dastur bo‘ladi. Uni WorldSkills Russia vakillari xorijlik hamkorlar uchun o‘tkazadi va musobaqa o‘tkazish uchun raqamli va onlayn xulosani tatbiq etishga bag‘ishlanadi.  40 ta mamlakat ishtirokchilari dasturga mustaqil ekspert va kuzatuvchi sifatida qo‘shiladi. Dastur doirasida o‘tkaziladi: raqamli va onlayn texnologiyalardan foydalangan holda WorldSkills Russia milliy chempionati yangi formatiga bag‘ishlangan sessiya; musobaqalar bo‘lib o‘tayotgan chempionatning masofaviy maydonlariga hamda musobaqalarni boshqarayotgan markazlarga onlayn tur; masofaviy tarzda WorldSkills standartlari bo‘yicha mustaqil baholashni o‘tkazish treningi; onlayn trening va musoqalarni tashkil etish va o‘tkazish uchun sanoat hamkorlar va kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida business talk; malakalarning 7 ta asosiy bloklari bo‘yicha masofaviy va onlayn musobaqalar modelini tatbiq etish bo‘yicha sessiyalar.

Inostrannie grajdane proxodat elektronnoe testirovanie na znanie russkogo yazika - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarni til va kasbga o‘rgatish qanday tashkil etiladi

Zamonaviy shart-sharoitlar kadrlarni tayyorlash professional tizimiga qarshi chiqdi. Ular uning rivojlanishida yangi, nodir bosqichga ko‘maklashdi. Masofaviy va taqsimlovchi formatga nafaqat chempionatlar, balki ta’lim va ish jarayonlarini ham o‘tmoqda. Shu tariqa mehnat bozorida ishga joylashish va ish joylarining yangi modellari shakllanishiga imkon tug‘dirmoqda. Bularning barchasiga qo‘shimcha ravishda yangi voqelik harakatchanlik imkoniyatini yaratmoqda – axir raqamli formatda bu yanada osonlashmoqda. Shu bilan birga kadrlarning bunday harakatchanligi va global integratsiyasi jahon miqyosidagi ko‘nikmalar muhimdir. O‘zbekistonda WorldSkills harakatini rivojlantirishga oid tizimli ish mehnat resurslarini harakatchanligini oshirishga imkon beradi. Bunda yagona mehnat bozori va MDH mamlakatlaridagi yagona ish standartlari ham inobatga olinadi.  Respublika tomonidan skill-pasportlarning o‘rta professional ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjat sifatida tan olinishi – o‘qitish samarali tizimining shakllantirish yo‘lida katta qadam va mamlakatda malakani tasdiqlanishi. Masofaviy ochiq format doirasida musobaqada qatnashayotgan o‘zbekistonlik ishtirokchi va ekspertlar oladigan yangi usullar va texnologiyalar bu jarayonlarni tezlashtirishda yordam beradi.

Musobaqalar KNAUF, IEK, 1S, Elfort kompaniyalari ko‘magida bo‘lib o‘tmoqda.

WorldSkills Russia chempionati haqida batafsil quyida: https://wsr.online/

Loyiha hamkori

Yangiliklar lentasi
0