Lukashenko o‘z qarorgohiga qo‘lida avtomat bilan vertolotda uchib keldi - video

Obuna bo‘lish
Belarus prezidenti Mustaqillik saroyiga vertolotda o‘zining 15 yoshlik o‘g‘li bilan yetib keldi, bu yerda 22-avgust kuni namoyishchilar yig‘ilishgan edi.

Lukashenko Minskdagi qarorgoxiga qo‘lida avtomat bilan yetib keldi. 

Lavhada ko‘rinib turibdiki, Belarus yetakchisi vertolotdan qo‘lida avtomat bilan tushmoqda. Xabar berilishicha uning ustida bronejilet ham bo‘lgan.

Lukashenko joylashgan G‘oliblar shohko‘chasi to‘sib qo‘yilgan.

Kuni kecha bu yerda amaldagi hukumatga qarshi yangi namoyish bo‘lib o‘tdi, ko‘chalarga  bir yuz mingga yaqin odam chiqdi.

Ular Lukashenkoning iste’fosini va namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan huquq-tartibot hodimlarini javobgarlikka tortilishini talab qilmoqdalar

Yangiliklar lentasi
0