“Isrofgarchilik bo‘lmasin”: xitoyliklarni ovqatni tejashga chaqirishdi

Obuna bo‘lish
Xitoy yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, aholining isrofgarchilik borasidagi xatti-harakatlari “vahima va qayg‘uga soladi”.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. XXR raisi Si Szinpin mamlakat aholisini taom iste’mol qilishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar qilmoqda.

Xitoy yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, aholining bu boradagi xatti-harakatlari “vahima va qayg‘uga soladi”. U mamlakatda g‘alla yetishtirish yildan yilga o‘sib borayotganiniga qaramasdan hamisha oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi xatarlarni anglash lozimligini ta’kidladi. Pandemiya ta’siri bu yil Xitoy uchun tashvishli signal bo‘lgan.

Xitoy o‘ldiradigan yangi virus haqida ogohlantirdi

“Qonunchilikni mustahkamlash, nazoratni kuchaytirish, samarali chora qabul qilish, uzoq muddatli mexanizm yaratish va haddan ziyod oziq-ovqat mahsulotlarini sarflashning oldini olish zarur”, - dedi u. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Xitoy raisi davlat bu yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini olib borishi darkorligini qayd etgan: jamiyatni ovqat yeyishda o‘rtacha sarflashga odatlantirish, isrofgarchilik uyat va sharmandali holat, ovqatni tejash iftixorli ekani borasidagi muhitni yuzaga keltirish.

Agentlik Xitoy yetakchisi hamisha oziq-ovqat xavfsizligiga alohida e’tibor qaratgani va isrofgarchilikka qarshi kurashish va tejamkorlik tashabbuslari bilan chiqish qilganini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0