Qoraqalpog‘istonda fuqaro jahl ustida tanishini pichoqlab qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Tanishini uchratib qolgan fuqaro bir kun oldingi voqeani yodga olgan. So‘ngra jahl ustida uyidan pichoq olib chiqib, tanishini qo‘rqitmoqchi bo‘lgan.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda jahl ustida tanishini pichoqlab qo‘ygan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 3-avgust kuni Xo‘jayli tumani Do‘stlik ko‘chasida sodir bo‘lgan. U yerda 34 yoshli M.P. tanishi 29 yoshli D.E.ni uchratib qolgan.  Bir kun oldin bo‘lib o‘tgan voqea tufayli yuziga urgandan jahli chiqib, uyidan pichoq olib chiqqan. Keyin qo‘rqitib qo‘yish maqsadida siltagan paytida D.E.ning qorin sohasiga tiqib olgan. Natijada unga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.  

Nasilie - Sputnik O‘zbekiston
“O‘g‘limni o‘zingga isitib olding”: Toshkentda bir ayolni uch kishi qiynoqqa soldi

D.E. olgan tan jarohati bilan tibbiyot muassasaga yotqizilgan.  

Hodisa joyidan 1 dona oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0